Prezident 10 turdagi mahsulotni tashqi bozorlarga olib kirishda koʻplab toʻsiqlar borligini qayd etdi

16:49 18 Dekabr 2023 Siyosat
560 0

Bugungi kunda trikotaj kiyim va mato, gazlama, kabel, maishiy texnika, mevalar, uzum, dukkakli ekinlar, qayta ishlangan meva-sabzavot kabi eng koʻp eksport boʻladigan 10 turdagi mahsulotni tashqi bozorlarga olib kirishda koʻplab toʻsiqlar borligi qayd etildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Tarmoqlar har doimgi eksport bozorlari bilan cheklanib qolayapti, yangi bozorlarga kirib borishga ularda toqat yetishmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Mutasaddilarga eksportbop 10 turdagi tayyor mahsulotning har biriga 10 tadan yangi istiqbolli bozorni belgilab, bozorlarda mahsulotlarga texnik va sifat talablarini oʻrganib, oʻzimizni korxonalarga ularni oʻrgatish, laboratoriyasiga yordam berish topshirildi.

Xorijdagi hamkasblar bilan muzokara oʻtkazib, sertifikat, boj va yigʻimlarni yumshatish boʻyicha choralar koʻrish vazifasi qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер