Maykl Pompeo: COVID-19 pandemiyasi va boshqa global muammolarga qaramay AQSH bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlik soʻnggi bir yilda yana-da rivojlandi

12:39 02 Sentyabr 2020 Siyosat
982 0

AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeoning Oʻzbekiston mustaqilligi kuni munosabati bilan bayonotini eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA mamlakatimizning ushbu davlatdagi elchixonasi maʼlumotlariga asoslanib.

 

“Qoʻshma Shtatlar hukumati va Amerika xalqi nomidan oʻzbekistonliklarni mustaqilligingizning 29 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman”, – deyiladi bayonotda. “COVID-19 pandemiyasi va boshqa global muammolarga qaramay AQSH bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlik soʻnggi bir yilda yana-da rivojlandi. Biz mintaqaviy barqarorlik, xavfsizlik va oʻzaro farovonlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha sherikligimizni, shu jumladan, “S5+1” diplomatik platformasi va Afgʻoniston hukumati bilan uch tomonlama uchrashuvlar orqali mustahkamlashda davom etamiz. Oʻzbekiston dadil va ulkan islohot dasturini davom ettirar ekan, bizning sherikligimiz yana-da rivojlanadi. Ushbu muhim kunda Oʻzbekiston xalqiga eng samimiy tilaklarimni izhor etaman".

AQSH Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha byurosi ham Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi yoʻllab, uni oʻz Tvitter sahifasida eʼlon qildi: “Mustaqillik kuni munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga eng ezgu tilaklarim! Biz Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi sheriklikni yana-da chuqurlashtirishga umid qilamiz, chunki bu mintaqaviy barqarorlik, xavfsizlik va farovonlikni oshirishga xizmat qiladi”, deyiladi qutlovda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер