“Polvontosh”da zamonaviy klinika foydalanishga topshirildi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Furqat tumanining “Polvontosh” mahalla fuqarolar yigʻinida shaharsozlik meʼmorchiligi anʼanalari asosida qurib bitkazilgan zamonaviy klinika tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
— “Doctor Javlonbek medical” klinikasi faoliyatini davr talabi asosida yuritish uchun 2,5 milliard soʻm mablagʻ sarflanib, ushbu bino bunyod etildi, — deydi loyiha tashabbuskori Javlonbek Doʻstmatov. — Natijada bu yerda yuz-jagʻ jarrohi, stomatolog, lor, terapevt, kardiolog kabi mutaxassislar tomonidan tibbiy xizmat koʻrsatish faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Bundan tashqari, klinikada haftaning shanba va yakshanba kunlari katta va kichik yoshdagilar uchun nevrolog, urolog, revmatolog, nefrolog singari mutaxassislar jalb etilib, bepul tibbiy koʻrik tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Yaqin istiqbolda loyiha tashabbuskori tomonidan mahalla hududida tez tibbiy yordam xizmati tashkil etish ham koʻzda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring