Polsha oʻzbekistonliklar uchun viza berish tartibini soddalashtirishi kutilmoqda
Oʻzbekiston elchisi Amirsaid Agzamxojayev Polsha tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Genrika Moshchiska-Dendis bilan uchrashdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilda rejalashtirilgan qoʻshma tadbirlar, jumladan, ikki davlat TIV konsullik departamentlari oʻrtasida 2024-yil noyabr oyida Toshkent shahrida oʻtkaziladigan maslahatlashuvlarning birinchi davrasiga puxta tayyorgarlik koʻrish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar, shuningdek, mehnat migratsiyasi va Oʻzbekiston fuqarolari uchun viza berish tartibini soddalashtirish masalalariga eʼtibor qaratdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring