Polsha Yevropadagi eng kuchli armiya barpo etayotgani eʼlon qildi

22:33 06 Yanvar 2023 Dunyo
1372 0

Foto: Reuters

Polsha Yevropadagi eng kuchli armiyani qurish jarayonida va mudofaa xarajatlari boʻyicha NATO standartidan allaqachon oshib ketgan. 

Bu haqda mamlakat bosh vaziri oʻrinbosari, milliy mudofaa vaziri Mariush Blashak maʼlum qildi. Shu oʻrinda vazirdan Polsha armiyasi hozir Yevropadagi eng kuchlimi yoki shunday boʻladimi, degan savol berildi. 

Mariush Blashak esa “Biz shunday qilamiz, ammo xorijiy matbuotda biz Yevropadagi eng kuchli armiyani qurayotganimiz haqida allaqachon yozishmoqda”, deya javob berdi. Shu oʻrinda u mamlakat qoʻshinlari har qachongidan ham kuchli va kelajakda yanada kuchayishini taʼkidladi.

Blashchak 2022-yilda Polsha “Patriot” zenit-raketa tizimi va Turkiyada ishlab chiqarilgan Bayraktar dronlarining ilk partiyasini olganini eslatdi. 2023-yilda Varshava “Abrams” tanklari, HIMARS raketa tizimlari, samolyotlar va vertolyotlarni olishni kutmoqda.

2022-yil dekabr oyida Polsha armiyasi mashgʻulotlar uchun koʻngillilarni yollashni boshlashi xabar qilingan edi. Unda 15 yoshdan 65 yoshgacha boʻlgan fuqarolar qatnashishi mumkin. 

Blashchakning soʻzlariga koʻra, asosiy maqsad imkon qadar koʻproq odamlarni harbiy sohaga oid asosiy koʻnikmalarga oʻrgatishdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер