Polsha Yevropa Ittifoqi va Germaniyani muxolifatni qoʻllab-quvvatlashda va mamlakat ishlariga aralashishda aybladi
Illyustrativ foto
Polsha tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Arkadiush Mularchik Yevropa Ittifoqi va Germaniyani mamlakat ishlariga aralashishda aybladi.
Polsha Yevropa Ittifoqi va Germaniyani muxolifatni qoʻllab-quvvatlashda va saylovlar oldidan mamlakat ichki ishlariga aralashishda aybladi.
Bu haqda Polsha tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Arkadiush Mularchik maʼlum qildi, deya yozdi “Financial Times”.
Uning aytishicha, Yevropa Ittifoqi Germaniya taʼsirida, chunki millati nemis boʻlgan Ursula fon der Lyayen Yevrokomissiya rahbari hisoblanadi.
“Hozir bizda Yevropa Ittifoqi bilan juda keskin vaziyat bor, chunki ular ehtiyotkorlik bilan oʻylaydi, muxolifat bilan hamkorlik qiladi va hukumatga muammo tugʻdiradi”, deydi diplomat.
Maqolada qayd etilishicha, Germaniya 15-oktyabrda boʻlib oʻtadigan parlament saylovlari oldidan Polsha hukumati uchun eʼtirozlar nishoniga aylangan. Chunki hozirgi hokimiyat muxolifatdagi “Fuqarolik platformasi” yetakchisi Donald Tuskni “Germaniyaning qoʻgʻirchogʻi” sifatida koʻrmoqda.
Avvalroq, Polsha bosh vaziri oʻrinbosari Yaroslav Kachinski Polsha hukumati Germaniyadan Ikkinchi jahon urushi natijasida yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya talab qilishini aytgandi. Uning soʻzlariga koʻra, bu nafaqat moliyaviy masala, balki mamlakatning qadr-qimmati haqida ham, chunki polyaklar oʻz haqlarini berishi uchun kurashishlari kerak.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring