Poʻlat Bobojonov MDHga aʼzo davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi

17:23 08 Sentyabr 2022 Siyosat
1079 0

Foto: IIV Axborot xizmati

2022-yilning 8-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi IIV delegatsiyasi Choʻlpon-ota (Qirgʻiziston)da boʻlib oʻtgan MDHga aʼzo davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Kengash majlisida Ozarbayjon, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston respublikalari, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirlari hamda MDHga aʼzo davlatlar hududida uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli jinoyatlarga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish Byurosi direktori ishtirok etdilar.

Uchrashuvda jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha davlatlararo dasturlarni amalga oshirishda MDH mamlakatlari Ichki ishlar vazirliklari va politsiyasi oʻrtasidagi hamkorlikning ustuvor masalalari, shuningdek, 2024-2028-yillarga moʻljallangan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar Davlatlararo dasturi loyihasini tayyorlash masalalari muhokama qilindi. MDHga aʼzo davlatlarning milliy qonunchiligiga muvofiq blokirovka qilinishi shart boʻlgan internet-resurslarning Yagona reyestrini yaratishning maqsadga muvofiqligi, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarini noqonuniy tarqatishga qarshi kurashish, Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlar fuqarolari tomonidan jinoiy va boshqa javobgarlikdan boʻyin tovlash maqsadida fuqarolikni oʻzgartirish institutidan foydalanishining oldini olishga qaratilgan ishlar va boshqalarga bagʻishlangan masalalar borasida qator hujjatlar imzolandi.

Kengash aʼzolari Qirgʻiziston Ichki ishlar vazirligining ishchan va konstruktiv ruhda, doʻstlik, oʻzaro ishonch va hamkorlik muhitida oʻtgan tadbirga puxta tayyorgarlik koʻrganligini taʼkidlab, uning muvaffaqiyatli oʻtkazilishi borasidagi saʼy-harakatlariga yuqori baho berishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер