Pokistonning sobiq prezidenti Mamnun Husayn vafot etdi
Pokistonning sobiq prezidenti Mamnun Husayn vafot etgan. Bu haqda “Geo TV” siyosatchining oʻgʻliga tayanib xabar bermoqda.
Siyosatchining oʻgʻlining maʼlum qilishicha, otasi saraton kasalligiga chalingan va soʻnggi ikki hafta davomida xususiy klinikada davolanayotgan boʻlgan. Sobiq davlat rahbari 80 yoshida hayotdan koʻz yumgan.
Mamnun Husayn 2013-2018-yillarda Pokistonga prezidentlik qilgan. Undan avval Sind viloyatida gubernator boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring