Pokiston Sogʻliqni saqlash vazirida ham koronavirus aniqlandi
6-iyul kuni Pokiston Sogʻliqni saqlash vaziri Zafar Mirza «Tvitter»dagi sahifasi orqali koronavirusni yuqtirib olgani haqida maʼlum qildi.
“Menga COVID-19 tashxisi qoʻyildi. Tibbiy maslahatlarga binoan men oʻzimni uyda izolyatsiyaga oldim va barcha ehtiyot choralarini koʻryapman. Menda koronavirusning yengil alomatlari sezilmoqda. Iltimos, meni duolaringizda unutmang” deb yozadi Zafar Mirza.
Hozirda Pokistonda COVID-19 ga chalinganlar soni ortib borayotgani sababli sogʻliqni saqlash tizimi qiyinchilikka duch kelmoqda.
Mamlakatda hozirgacha 235 ming kishi koronavirus bilan kasallandi va ularning 4839 nafari vafot etdi. Bu mamlakatda har kuni 4000 ga yaqin yangi kasallanish holatlari qayd etilmoqda.
Zafar Mirzadan tashqari Pokistonda koronavirusga chalingan yuqori martabali insonlar - Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qureshi, Temir yoʻllar vaziri Shayx Rashid hamda parlament matbuot kotibi Asad Qayserlarga ham COVID-19 tashxisi qoʻyilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring