Pokiston milliy yodgorlik majmuasiga tashrif
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Pokiston monumenti” milliy yodgorlik majmuasida boʻldi.
Islomobod shahridagi majmua qariyb 3 gektar maydonni egallagan, uch yil davomida qurilib, 2007-yilda ochilgan. Yodgorlikning shakli gul barglariga oʻxshaydi. Toʻrtta yirik barg Pokistonning toʻrt provinsiyasini ifodalaydi. Eʼtiborlisi, majmua boburiylar meʼmorchiligi anʼanalari asosida barpo etilgan. Bu yerda tarix muzeyi ham bor.
Davlatimiz rahbariga majmuadagi suratlar tarixi haqida soʻzlab berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring