Poytaxtdagi koʻchalardan biri 24-iyulga qadar yopildi
Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabariga koʻra, Chilonzor tumanida yoʻl taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan Chilonzor koʻchasining Muqimiy koʻchasiga tutashgan joyidan Novza koʻchasigacha tutashgan hududi transport vositalari harakati uchun berkitiladi.
Bildirilishicha, bu 4-iyuldan 24-iyulga qadar amalga oshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring