Poytaxtdagi “16” va “1-gorbolnitsa” shifoxonalari yopilgani rostmi?

12:49 19 Mart 2020 Jamiyat
1861 0

Arxiv surat

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizdagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (xalq tilida “16” deyiladi) va Toshkent shahar “Ibn Sino“ nomli 1-son klinik shifoxonasi (1-gorbolnitsa) karantin tufayli yopilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Vaziyat yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bir boʻlimidagi shifokor oʻzida koronavirus infeksiyasiga shubha qilganligi bois, oʻsha boʻlim ehtiyot chorasi sifatida maʼlum muddat karantinga olindi. Ammo ixtisoslashgan tahlillar natijasi shifokorda ushbu infeksiya yoʻqligini koʻrsatgandan keyin markaz boʻlimidagi karantin tartibi bekor qilindi. Ayni paytda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi odatdagidek, uzluksiz faoliyat koʻrsatmoqda.

1-son shahar klinik shifoxonasida esa koronavirusga gumon qilinib, keyinchalik Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida ushbu tashxis tasdiqlangan fuqaro oʻzini Turkiyada boʻlganligini yashirib, maʼlum vaqt shu shifoxonada boʻlgan. Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, bu ayni oʻsha paytda mazkur shifoxonada koronavirus tarqaldi, degan yakuniy xulosa emas. Faqat Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti talablariga muvofiq ravishda va qatʼiy ehtiyot chorasi  sifatida ushbu shifoxona maʼlum muddat karantinga olindi. Yaqin kunlarda davolash ishlari yana oʻz iziga tushiriladi.

Fursatdan foydalanib, yana bir bor eslatib oʻtamiz, vazirlik koronavirus infeksiyasi borasida barcha rasmiy maʼlumotlarni ochiq, oshkora soatma-soat ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib bormoqda. Shu bois, Sogʻliqni saqlash vazirligi aholidan turli mish-mishlarga ishonmasliklarini soʻrab qoladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер