Poytaxtda yaqinda farzandli boʻlgan ayol viloyatiga qanday qaytadi?
arxiv foto
Farzandim Toshkent shahrida tugʻildi. Tugʻruqxonadan chiqadigan paytimda karantin sabab viloyatlararo yoʻllar yopildi. Men boshqa viloyatlikman, tugʻruq jarayonida qiyinchiliklar boʻlganli sabab yolgʻiz qiynalyapman. Uyga qanday yetib olsam boʻladi? Ushbu savolga Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov javob berdi.
“Respublika maxsus komissiyasining infeksiya tarqalishi oldini olish maqsadida koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha qaroriga koʻra karantin vaqtida shaxsiy avtomobilda harakatlanish taqiqlanadi. Buning uchun siz Davlat xizmatlari markaziga maxsus ruxsatnoma olish uchun murojaat qilishingiz zarur”, deydi Otabekov.
Eslatib oʻtamiz, hozirgacha Oʻzbekistonda 298 kishida koronavirus aniqlangan. Shulardan 25 nafari bu darddan butkul forigʻ boʻlgan. 2 kishi esa vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring