Poytaxtda metro faoliyati tiklandi
Foto: report.az
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bugun, 9-maydan metro faoliyatini qayta boshladi.
Qayd etilishicha, oldinroq hukumat tomonidan metropoliten xodimlarining toʻliq tarkibda ishga chiqishi kerakligi toʻgʻrisida koʻrsatma berilgan.
Fuqarolarning metroga kirishi SMS orqali olingan ruxsatnomalar bilan amalga oshiriladi. Yoʻlovchilar niqobda boʻlishi shart.
Ozarbayjon poytaxtida metro faoliyati koronavirus pandemiyasi sabab 31-mart kuni toʻxtatilgandi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Ozarbayjonda 2279 kishi koronavirus bilan kasallangan, 28 nafar bemor vafot etgan, 1576 kishi kasallikdan sogʻaygan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring