Poytaxtda “Cobalt” va “Monza” ishtirokida YTH sodir boʻldi
Poytaxtda “Cobalt” hamda “Monza” avtomobillari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqida Toshkent shahar IIBB YHXB maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, holat kecha, 14-fevral kuni soat 20:55 larda Mirobod tumani Sarikoʻl-Eski zamon koʻchalari chorrahasida sodir boʻlgan.
Unda haydovchi 2002-yilda tugʻilgan D.E. boshqaruvida boʻlgan “Cobalt” rusumli avtomobili hamda haydovchi 1985-yilda tugʻilgan J.M. boshqaruvidagi “Monza” rusumli avtomobillari toʻqnashib ketgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, ushbu YTH natijasida “Cobalt” hamda “Monza” rusumli avtomobillarning 1 nafardan yoʻlovchilariga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring