Plastiklar koʻpayishi firibgarlarni faollashtirishi mumkin — “Oʻzkomnazorat” fuqarolarni ogohlantirdi
“Oʻzkomnazorat” naqdsiz shakldagi toʻlovlar hajmining oshgani tufayli axborot sohasida firibgarlarning faollashishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Pensiya jamgʻarmasi maʼlumoti boʻyicha hozirgi kunda pensiya va nafaqa olayotgan fuqarolar taxminan 3,7 million nafarni tashkil qiladi. Aholining ushbu qatlami plastik kartalardan foydalanish haqida yetarlicha axborotga ega boʻlmagani tufayli mablagʻlari bank kartalarida saqlanishi boshlanganidan keyin tarmoqlarda jinoyatchilarning firibgarlik sxemalariga aldanib qolishlari ehtimoli mavjud.
Aholining elektron mablagʻlarni boshqarishni u qadar yaxshi oʻzlashtirmagan qatlami yaʼni pensionerlar va nogironlarda bank plastik kartalarining sonining koʻpayishi oqibatida jinoyatchilarning turli yoʻllar bilan firibgarlik qilib bank plastik kartalarining raqamlarini bilib olishi, oʻzini ijtimoiy xizmatlar nomidan soʻrov yuborib, karantin vaqtida kartaga maxsus ijtimoiy yordam puli tushirib berishni vaʼda qilib odamlarning pullarini oʻzlashtirishi mumkin.
“Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi fuqarolardan firibgarlarning bu kabi “feyk” SMS xabarnomalariga aldanmaslikni, shaxsiy maʼlumotlarni va muhim axborotlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik, begona odamlarga bermaslikni, keksa yoshdagi yaqinlarni ham bu kabi xavfli harakatlar haqida ogohlantirishni, koronovirus pandemiyasiga qarshi hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi xabar hamda yangiliklarni rasmiy yoki ishonchli manbalardan olishni soʻraydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring