Piskentlik hojilar Makkai Mukarramada munosib nomzodga ovoz berishdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Muqaddas Makka shahrida muborak Haj arkonlarini ado etgan hamyurtlarimiz uchun ham Oʻzbekiston Respublikasi saylovida qatnashish uchun barcha sharoitlar yaratib berildi.
Ayni damlarda bu muqaddas shaharda boʻlib turgan 50 nafar piskentlik hojilar “Roshidiya” mehmonxonasidagi 39-saylov uchastkasida oʻzlari munosib koʻrgan nomzod uchun ovoz berishdi
— Saylovda ishtirok etishimiz uchun barcha qulayliklar yaratildi, — deydi piskentlik hoji Zaynilobiddin Qudratov. — Ayniqsa, yoshi ulugʻlar uchun alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatildi. Bu muqaddas shaharda Vatanimiz, xalqimiz, millatimiz, davlatimiz haqqiga xayrli duolar qilish barobarida bugun oʻzimiz munosib deb bilgan nomzod uchun ovoz berdik. Alloh Vatanimiz taraqqiyotini doimo yuksaltirsin.
Shodiyor MUTAHAROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring