Xalqimizda “Yaxshidan bogʻ qoladi”, degan purhikmat naql bor. Zamirida katta maʼno mujassam. Zero, hayot insonga berilgan aziz neʼmat ekan, uning qadriga yetgan kishi halol mehnat qilib, oʻzi va elining dasturxonini toʻkin etadigan bogʻ-rogʻlar yaratish bilan shugʻullanadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, OʼzLiDeP fraksiyasi rahbari, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Haitovning xalq bilan navbatdagi muloqoti ana shunday insonlarning mehnatini qadrlash, tajribalarini ommalashtirish, holidan xabar olishga qaratildi.
Piskent tumanida aholi xonadonlaridagi tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish boʻyicha amaliy seminarda ham yuqoridagi hikmat bot-bot tilga olingani bejiz emas.

Tadbirda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining viloyatdagi vakillari, partiya hududiy kengashi, tumandagi 27 ta mahalla raislari va ularning tomorqa boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etdi.
Ayniqsa, tumandagi Bekobod mahalalsi Abdulla Avloniy koʻchasi 79-uyda umrguzaronlik qiluvchi Husniddin Olimjonov xonadonida kechgan samimiy suhbat koʻpchilikda katta tassurot qoldirdi. Bu oila oʻzlariga qarashli 6 sotix hovlida qurilgan 4 sotix issiqxonadan yiliga 3-marta hosil olayotgan tadbir qatnashchilarini hayratga soldi. Bu yil ham koʻkat va bulgʻori qalampiri yetishtirilib, 700 ming tupgacha gul oʻstirilibdi. Har tup gul koʻchati 500 soʻmdan 30 000 ming soʻmgacha sotiladi. Eʼtiborlisi, bitta oila «Olmaliq Ammofos - Maksa» zavodi va Olmaliq kon metallurgiya kombinati bilan shartnoma tuzib, gul koʻchati bilan taʼminlanayotgani barchamiz uchun ibratli tajriba emasmi? Hovlida bir qarich ham boʻsh joy yoʻq desak ishonmaysiz. Hatto tok bargidan ham foyda koʻrilayotganichi? Foyda, daromad haqida soʻrasangiz, oila ustuni Husniddin Olimjonov miyigʻida kulimsirab, kamtaringina mehnatimiz ortidan mashina minyapmiz, toʻy-tomosha berish niyatidamiz, qolaversa, oʻqiyotgan oʻgʻil-qizlarining shartnoma pulini toʻlab qoʻydik. Xudoga shukr, kam boʻlmayapmiz, deb qoʻydi...
Maʼlumot uchun, tumanda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari ixtiyorida 1 134 gektar yer maydoni boʻlib, ularda asosan sabzavot ekinlari ekiladi. Ayni vaqtda issiqxonalarda limon, pomidor, bodring, koʻkatlar va toʻqsonbosti ekinlari yetishtirilyapti. 80 foizdan ortiq xonadonlar yilda ikki-uch martadan hosil olayotgani ham bor gap.
Seminar ishtirokchilariga “Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, yopiq va ochiq maydonlarda mahsulot yetishtirish” nomli uslubiy qoʻllanmalar tarqatildi. Buxoro va Yangiyoʻl tomorqalari tajribasini ommalashtirish haqida ham atroflicha maʼlumot berildi, namunali oilalarga sovgʻalar ulashildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring