Pirotexnika vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman boʻlimi tomonidan, DBQ va DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar U.Q., T.Gʻ. va B.X. «Volk X091» va «S novыm godom X082» nomli pirotexnika buyumlarini sotgan vaqtida ushlanib, 30 dona «Volk X091» va 78 dona «S novыm godom X082» nomli jami 25,5 mln soʻmlik pirotexnika buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring