Pirotexnika vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulugʻbek tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIBB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.X.ning boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasi toʻxtatib koʻzdan kechirilganda, tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 72,5 mln soʻmlik “Treniya”, “Korolevskiy salyut”, “S novыm godom” va “9D” nomli pirotexnika vositalarini Toshkent shahrida oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring