“Pfizer” va “BioNTech” koronavirusga qarshi bolalar vaksinasini tasdiqlash uchun ariza berdi
Illyustrativ foto
AQSHning “Pfizer“ kompaniyasi Germaniyaning ”BioNTech” kompaniyasi bilan 5-12 yoshli bolalarni emlash uchun COVID-19 qarshi vaksinani favqulodda tasdiqlash uchun AQSH tibbiy regulyatoriga ariza berdi.
Oq uyning COVID-19 boʻyicha koordinatori Jeff Zintsning aytishicha, tibbiy regulyatorlar farmatsevtika kompaniyalarining arizalarini koʻrib chiqadi.
“Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) arizani oyning oxirida maslahat kengashi bilan koʻrib chiqishni rejalashtirilgan. Keyin AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) xuddi shu ishni amalga oshiradi”, deydi Oq uy koordinatori CNN telekanaliga bergan intervyusida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring