“Pfizer” va “BioNTech” kompaniyalari oʻz vaksinasini koronavirusning yangi  shtammiga qarshi sinab koʻradi

16:15 22 Dekabr 2020 Dunyo
1170 0

Fotо: Getty Images

“Pfizer” va “BioNTech” kompaniyalari koronavirusga qarshi oʻz vaksinasini Buyuk Britaniyada aniqlangan “Covid-19”ning yangi shtammiga qarshi sinovdan oʻtkazadi.

Bu haqda "BioNTech“ kompaniyasi rahbari Ugur Shahin Germaniyaning ”Bild" nashriga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

Uning soʻzlariga koʻra, vaksina virus mutatsiyasiga qarshi samarali boʻladi.

“Biz buni yaqin haftalarda boshlaymiz”, degan Shahin.

14-dekabr kuni Buyuk Britaniya Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbari Mett Xenkok ingliz olimlari koronavirusning maʼlum shtammlariga qaraganda tez tarqaladigan mutatsiyasi aniqlashganini maʼlum qilgan edi. 

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ushbu mutatsiyasi virusning boshqa turlariga qaraganda 70 foiz tezroq yuqishini aytib oʻtdi.

Kuchli epidemiologik vaziyat tufayli 20-dekabrdan Buyuk Britaniyaning janubi-sharqida va Londonda maksimal toʻrtinchi darajadagi cheklovlar joriy etildi. Odamlarga uylaridan chiqmaslik tavsiya qilindi.

Shundan soʻng koʻplab mamlakatlar Buyuk Britaniya bilan aviareyslarni vaqtincha toʻxtatdi. Shu jumladan, Oʻzbekiston ham mazkur davlatga parvozlarni bekor qildi.

Xususan, Respublika maxsus komissiyasining qarori muvofiq, joriy yil 21-dekabr sanasidan 2021-yil 10-yanvarga qadar Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) toʻxtatiladi. 

Shu bilan birga, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari fuqarolari, ushbu davlatlarda doimiy istiqomat qiluvchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hamda soʻnggi 14 kun davomida mazkur davlatlarda boʻlgan uchinchi davlat fuqarolari yuqoridagi cheklov amal qilgan davr mobaynida Oʻzbekiston Respublikasiga kiritilmasligi belgilandi. 

Shuningdek, soʻnggi 14 kun davomida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida boʻlgan holda uchinchi davlatlar orqali Oʻzbekistonga kirib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar 14 kun davomida vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasida yoki tegishli mehmonxonada karantinga olinishi belgilab qoʻyildi.

Mazkur joriy etilayotgan cheklovlar ushbu davlatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sari bosqichma-bosqich bekor qilib boriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер