Peshkuda raqamli texnologiyalar oʻquv markazi ochildi
Foto: Халқ сўзи
Buxoro viloyati Peshku tumanida raqamli texnologiyalar oʻquv markazi oʻz ishini boshladi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi, IT-park Buxoro filiali rahbarlari hamda iqtidorli yoshlar qatnashdilar.
Peshku Buxoroning chekka goʻshalaridan sanaladi. Axborot texnologiyalariga qiziqishi yuqori bu yerlik yoshlarning bilim olish uchun viloyat markaziga qatnashi ancha-muncha vaqt va mablagʻni talab qiladi. Shu nuqtayi nazardan mazkur oʻquv markazining bevosita tumanning oʻzida ochilgani ayni muddao boʻldi. Endilikda mahalliy yoshlarning dasturlash, robotexnika kabi bozorgir yoʻnalishlarda mustahkam amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishlari, innovatsion ishlanmalar yaratishlari uchun imkoniyatlar yuzaga keldi.
Aytish joizki, viloyatda faoliyat yuritayotgan raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari soni oʻn bittaga yetdi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring