Peshku tumanida 8 041 litr EKO dizel yoqilgʻisini oʻzlashtirgan operator aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Peshku tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.N.” MCHJning FYTSH bosh operatori B.H. oʻzining moddiy javobgarligidagi 8 041 litr EKO dizel yoqilgʻisini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring