Peruda ayol oʻzining dafn marosimida qayta tirildi
Foto: ATV Noticias/YouTube
Peruda ayol oʻzining dafn marosimida qayta tirilgan. Bu haqda mahalliy “Oddity Central” axborot manbasi xabar bermoqda. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, ayol tobut qopqogʻini taqillata boshlagan.
Roza Kallaka avtohalokatga uchragan. Ushbu fojia oqibatida ikki kishi hayotdan koʻz yumgan. Roza ham ogʻir tan jarohati olib, hushidan ketgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar uni ham vafot etgan, deb oʻylashgan. Ayolning qarindoshlari shifokorlarga ishonib, dafn marosimini imkon qadar tezroq tashkil etishga qaror qilishadi.
Dafn marosimi chogʻida Rouz birdan tobut qopqogʻini taqillata boshlagan va u yerda yigʻilganlarni choʻchitib yuborgan. Qarindoshlari ayolni deyarli tiriklayin koʻmib yuborishayotgani anglab, uni kasalxonaga olib borishadi.
Afsuski, shifokorlar Rozani qutqara olmadilar. U bir necha soatdan keyin vafot etadi. Endi ayolning oilasi beparvolik koʻrsatgan aybdor shifokorlarni jazolashni soʻramoqda. Marhumning yaqinlarining soʻzlariga koʻra, ayolni qutqarib qolish mumkin edi.
Politsiya voqea yuzasidan tergov boshlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring