Pentagon “Fox News”ning mashhur boshlovchisi ishdan boʻshatilganidan xursand boʻldi

01:19 27 Aprel 2023 Dunyo
950 0

Foto: Fox News

Pentagon “Fox News” telekanalining mashhur boshlovchisi Taker Karlsonning ishdan boʻshatilishidan xursand boʻlib, ushu qarorni “yaxshi qutulish” degan ibora bilan kutib oldi. Bu haqda rasmiylarga tayanib, “Politico” nashri yozmoqda.

Karlson Amerika maʼmuriyati va prezident Jo Baydenni bir necha bor tanqid qilgan. Biroq, materialda taʼkidlanishicha, Pentagonning konservativ qarashlarga ega boʻlgan ayrim oddiy xodimlari Karlsonning soʻzlarini maʼqullaydi.Shu bilan birga, vazirlikdagi yuqori lavozimli amaldorlar oʻz pozitsiyalarini baham koʻrmaydilar. Shuning uchun teleboshlovchining ketishi haqidagi xabarni xursandchilik bilan qarshi oldilar, deb yozadi gazeta.

Karlson Pentagonning bu munosabatiga izoh berib, uni ishdan boʻshatishdan xursand boʻlishlariga shubha qilmaganini taʼkidladi.

Taker Karlsonning ishdan ketgani shu yilning 24-aprel kuni maʼlum boʻldi. Ushbu qarorning sababi ochiqlanmagan.

“Bloomberg” xabariga koʻra, teleboshlovchi Taker Karlson ishdan boʻshatilganidan soʻng “Fox News” telekanaliga egalik qiluvchi kompaniyaning koʻrgan zarari 507 million dollarni tashkil qilgan.

Jurnalistning ketishi maʼlum boʻlgach, “Fox Corporation” media-konsernining A toifali aksiyalar 5,4 foizga arzonlashgan.“KeyBanc Capital Markets” tahlilchisi Brandon Nispelning soʻzlariga koʻra, “Tucker Carlson Tonight” kabel televideniyesida eng koʻp tomosha qilinadigan praym-taym shousi edi. Uni 3,7 milliondan ortiq tomoshabin tomosha qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер