Pensiya jamgʻarmasi “Ishonch telefoni”ga qanday murojaatlar kelib tushmoqda?
Pensiya jamgʻarmasi Matbuot xizmati xabariga koʻra, yanvar-fevral oyida Pensiya jamgʻarmasi tizimi “Ishonch telefoni”ga 44 492 ta murojaatlar kelib tushgan. Shundan, 43 886 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berilgan, 606 ta murojaat boʻyicha qoʻshimcha oʻrganishni talab qilganligi munosabati bilan ijro uchun qabul qilingan.
2022-yil fevral oyi davomida Pensiya jamgʻarmasi tizimi “Ishonch telefoni”ga 606 ta yozma murojaat kelib tushgan. Shundan pensiya va nafaqa tayinlash masalasida 443 ta yoki 73,1 foiz, pensiya va nafaqa toʻlovi boʻyicha 144 ta yoki 23,8 foiz, pensiya taʼminotiga tegishli boʻlmagan boshqa masalalar 19 ta yoki 3,1 foiz murojaatlar kelib tushgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring