Past Dargʻomda soatiga 150 metr kub tosh maydalovchi sex ishga tushdi
Past Dargʻom tumanining Madaniy yurish mahallasi hududidagi 6,5 gektar yerda 2019-yilning oxirlarida eronlik hamkorlar bilan qurilishi boshlangan tosh maydalovchi sex bugun oʻz faoliyatini boshladi.
Ushbu sex soatiga 150 metr kub toshni maydalash quvvatiga ega. Korxona ishga tushgach, 22 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Bu yerda ikki turdagi mahsulot, yaʼni yuvilgan qum hamda maydalangan tosh ishlab chiqariladi.
Mazkur quvvatni barpo etish bilan kelgusida korxonada ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga tumandagi qurilish, bunyodkorlik ishlariga ketadigan xarajatlar tannarxini kamaytirish maqsad qilingan. Jumladan, tumandagi avtomobil hamda piyodalar yoʻlagini taʼmirlash, maktab, bogʻcha va kam taʼminlangan oilalarga uy qurish ishlari bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlarga mahsulot yetkazib beriladi.
Abdulaziz Yoʻldoshev(“Xalq soʻzi”)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring