Past Dargʻomda 2021-yilda yirik investitsion loyihalar amalga oshiriladi

13:35 08 Yanvar 2021 Iqtisodiyot
1002 0

Investitsiya dasturi asosida Samarqand viloyatining ushbu tumanda “Fortuna Urgut medical” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

Joriy yilning iyul oyida ishga tushadigan ushbu loyiha doirasida 11,2 million shartli belgidagi dori vositalari va kapsulalar tayyorlanadi. Bu yerda 40 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Shuningdek, dasturdan yuk mashinasi va avtobuslar uchun oʻrindiqlar ishlab chiqarish loyihasi ham oʻrin olgan. “Esmak automotive” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshiriladigan 1 million dollarlik loyiha yil oxirigacha ishga tushadi.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер