Parkentlik ayollar nimadan norozi?
Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent viloyati, Parkent tumani sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligini taʼminlash xizmati xodimlari ishsiz qolayotgani yuzasidan murojaat yoʻllagan edi.
Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabariga koʻra, mazkur holat boʻyicha quyidagilar maʼlum qilinadi.
2021-yil 6-iyundagi “Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Bekobod, Boʻstonliq, Boʻka, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Qibray, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yangiyoʻl tumanlari va Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyoʻl, Bekobod shaharlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarorga asosan Angren shahridagi Krasnogorsk qoʻrgʻonining yer chegaralari Toshkent viloyatining Parkent tumani tasarrufiga oʻtkazilgan.
Natijada hududda faoliyat yuritib kelgan sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligini taʼminlash xizmatining Angren shahar boʻlimi, Krasnogorsk qoʻrgʻoni shifoxonasi, "Krasnogorsk
Murojaat qoʻmita tomonidan nazoratga olinib, holat tegishli vazirlik va idoralar, Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda oʻrganilmoqda.
Bu holat boʻyicha qoʻshimcha axborot eʼlon qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring