Parij marafoni sanasi yana koʻchirildi. Musobaqa 15-noyabrda oʻtkaziladi
Parij marafoni koronavirus sabab 15-noyabrga koʻchirildi.
“Marafonni eng yaxshi sharoitlarda tashkil etish uchun Parij shahri hokimiyati bilan maslahatlashgach, start sanasini yana-da kechroq muddatga oʻzgartirishga qaror qildik. Biz vaziyatni kuzatib boramiz va doimiy hamkorlik qiladigan sogʻliqni saqlash idoralari va davlat xizmatlarining koʻrsatmalariga qatʼiy amal qilamiz”, - deyiladi tashkilotchilar bayonotida.
Eslatib oʻtamiz, dastavval, 5-aprelda oʻtkazilishi rejalashtirilgan musobaqa 18-oktyabrga koʻchirilishi maʼlum qilingan edi.
Bundan avval, koronavirus pandemiyasi tufayli Rim, Boston, Dublin, Berlin va Nyu-York marafonlari bekor qilingan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring