Parij Gran-prisida 2 ta medal qoʻlga kiritildi
30-avgust kuni Parij shahrida Jahon para taekvondo Gran-Prisi boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan terma jamoamiz aʼzolari 2 ta kumush medalga sazovor boʻlishdi.
Jumladan, ayollar oʻrtasida Guljanoy Naimova hamda Ziyoda Isoqova finalga qadar yetib bordi va yakunda kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Taʼkidlash kerakki, Fransiya poytaxtida oʻtgan ushbu nufuzli musobaqa sportchilarimizga Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlari uchun muhim reyting ochkolarini ham taqdim etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring