Parij-2024 Olimpiadasiga yana bir yoʻllanma
Yunon-rum kurashchimiz Aram Vardanyan Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisiga aylandi.
Sportchimiz ushbu natijaga Serbiyada oʻtayotgan jahon chempionatida kuchli beshlikdan oʻrin olgani orqali erishdi.
-77 kg vazn toifasida ishtirok etgan Vardanyan bronza medali uchun bahsda yaponiyalik Nao Kusakaga imkoniyatni boy berdi.
Soʻng Olimpiada yoʻllanmasi uchun qozogʻistonlik Demeu Jadirayevga qarshi gilamga chiqdi. Ushbu bahs yurtdoshimizning gʻalabasi bilan yakunlandi va Aram 4 yillikning eng nufuzli musobaqasi ishtirokchisiga aylandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring