Parij-2024 Olimpiadasi uchun reyting ochkolari oʻynaladi
21-22-oktyabr kunlari Turkiyada qilichbozlik boʻyicha “Satellite” tasnifiga kiruvchi navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi. Istanbul shahri mezbonlik qiladigan turnirda rapira va sablya boʻyicha yakkalik bahslari tashkil etiladi va unda Parij-2024 Olimpiadasi uchun reyting ochkolari oʻynaladi.
Dasturga koʻra, bugun sablyachilar oʻrtasida gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʻzolaridan Musa Aymuratov hamda Sherzod Mamutov jang qilishadi. Ertaga rapira qurolida kechadigan bellashuvlarda Umida Ilyasova yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring