Paratsetamol qabul qilish ayrimlar uchun zararli — xalqaro olimlar guruhi
Foto: Depositphotos
Xalqaro olimlar guruhi homiladorlik paytida paratsetamol qabul qilish homila rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligini aniqladilar.
Tadqiqot natijalari haqida “Nature Reviews Endocrinology” tibbiy portalida maqola eʼlon qilindi.
Olimlar epidemiologik tadqiqotlar, hayvonlar va hujayralar boʻyicha oʻtkazilgan ilmiy tajribalar natijalarini tahlil qilishdi. Paratsetamol ularning homilasining shakllanishiga toʻsqinlik qilishi, shuningdek, reproduktiv va urogenital tizimlar, nevrologik rivojlanishning buzilishiga olib kelishi mumkin degan xulosaga kelishdi.
Shu bois mutaxassislar homilador ayollarni paratsetamolni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishni tavsiya qilishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring