Paradzyudochilarimiz Jahon kubogini umumjamoa hisobida birinchi oʻrinda yakunlashdi

08:09 24 Fevral 2020 Sport
872 0

Paradzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi uchun ham ortda qolayotgan hafta koʻtarinki kayfiyatda yakunlanadigan boʻldi. Terma jamoamiz Tbilisida boʻlib oʻtgan Jahon kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Musobaqaning dastlabki kunida 4 ta medalni qoʻlga kiritgan paradzyudochilarimiz, kecha boʻlib oʻtgan bellashuvlarda yana 3 ta medalga sazovor boʻlishdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Hamyurtimiz Shirin Sharipov +100 kg vazn toifasida barcha raqiblarini magʻlub etgan holda shohsupaning eng yuqori oʻrnidan joy olgan boʻlsa, Dovurxon Karamatov (-81 kg) hamda Sharif Xalilov (-100 kg) musobaqaning bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Yakunda 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Gruziyaning Tbilisi shahri mezbonlik qilgan paradzyudo boʻyicha IBSA Jahon kubogida gʻolib va sovrindor boʻlgan hamyurtlarimiz:

-66 kg: Uchqun Quranboyev – oltin medal

100 kg: Sharipov Shirin – oltin medal

-60 kg: Sherzod Namozov – kumush medal

-66 kg: Oʻtkir Nigmatov – bronza medal

-73 kg: Feruz Saidov – bronza medal

-81 kg: Dovurxon Karamatov – bronza medal

-100 kg: Xalilov Sharif – bronza medal

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер