Para dzyudochilarimiz Bokudagi Gran-prida tengsiz boʻldi
Bundan biroz avval Boku shahrida para dzyudo boʻyicha IBSA Gran-prisi oʻz yakuniga yetdi.
Musobaqaning soʻnggi kunida 5 nafar vakilimiz shoxsupaga koʻtarildi:
Erkaklar J2
-90 kg Dovurxon Karomatov – oltin
+90 kg Aloviddin Joʻraqulov – oltin
Ayollar J1
-57 kg Uljon Amriyeva – bronza
+ 70 kg Feruza Ergasheva – bronza
Ayollar J2
- 70 kg Munisa Madrimova – bronza
Eʼtiborlisi, terma jamoamiz dunyoning 32 mamlakati ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada 6 ta oltin va 3 ta bronza, jami 9 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring