Pandemiyani nazorat ostiga olishga imkon beradi: JSST koronavirusga qarshi “qurol”ni eʼlon qildi
Tez va aniq oʻtkaziladigan testlar dunyodagi 18 milliondan ortiq odamda tasdiqlangan koronavirus infeksiyasining tarqalishini toʻxtatishga yordam beradi.
Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassisi Mariya Van Kerkxove maʼlum qildi.
“Koronavirusga test-sinovini amalga oshirish va natijani tezda olish juda muhimdir. Afsuski, dunyoning koʻp joylarida natijalarni olish uchun koʻp vaqt talab etilmoqda. Bir necha kun - juda uzoq muddat”, deydi mutaxassis tezkor test-sinovlarining paydo boʻlishi va ularning ishlab chiqarilishini kengaytirish yaxshi yangilik boʻlishini qoʻshimcha qilar ekan.
“Bu juda ijobiy tendensiya boʻlib, pandemiyani nazorat ostiga olishimizga imkon beradi”, deya aytmoqda Mariya Van Kerkxove test-sinovi natijalarini tezkorlik bilan olish yuqtirganlarni izolyatsiya qilish va ular bilan aloqa boʻlganlarni qidirish, yuqtirish zanjirlarini uzishga yordam berishini alohida taʼkidlab.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring