Paxtaobodda temir yoʻl yuk vagonlari ishlab chiqarilmoqda

19:26 31 Yanvar 2023 Jamiyat
902 0

Foto: Xalq so‘zi

Andijon mexanika zavodining Paxtaobod tumanidagi taʼmirlash sexi temir yoʻl yuk vagonlarini taʼmirlashga ixtisoslashgan boʻlib, bugungi kunda bu yerda vagon ishlab chiqarish ham yoʻlga qoʻyildi. Quvonarlisi shundaki, qisqa muddat ichida mahsulotlar eksportga yoʻnaltirildi.

— Shu kunlarda Turkmaniston Respublikasiga 25 dona 2 mln. dollarlik yuk vagonlari eksport qilindi, — deydi korxonaning ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Baxtiyor Tojiboyev.  — Yil yakuniga qadar ushbu davlatning oʻziga yana 300 ta vagon tayyorlash rejalashtirilgan. Ayni paytda qozogʻistonlik hamkorlar bilan tuzilgan shartnomaga asosan 300 ta vagonni taʼmirlash ishlari bajarilmoqda.

Zavod mutaxassislari shu bilangina kifoyalanib qolmasdan, sohada yangi loyihalarni ishga solmoqdalar. Masalan, shu kunlarda 6 ta maxsus vagon ishlab chiqarilib, ular nitrat amoniya kimyoviy moddasini tashishga moslashtirildi. Mahsulot sinov tariqasida amaliyotga jalb etildi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер