Paxtaning Oʻzbekiston yillik byudjetidagi ulushi 1,5 foizni tashkil qiladi
Paxtadan Oʻzbekistonning bir yillik Davlat byudjetiga 1,5 % daromad tushadi. Bu haqda moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod Sultonov OAV vakillari bilan uchrashuvda maʼlum qilgan.
“Bu pullar fermerlar toʻlaydigan soliq, paxtani qayta ishlash korxonalari toʻlaydigan soliq va shu kabilardir.
Ammo paxta strategik oʻsimlik boʻlib, uni qayta ishlash orqali toʻqimachilik rivojlanadi, bu qoʻshimcha ish oʻrinlari deganidir. Bundan tashqari eksport salohiyati ham oshadi“, deya Sultonovning soʻzlarini keltiradi “Xalq soʻzi“ muxbiri.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring