Paxtachilik 8 sinf oʻquvchisi “Spark” sohibi boʻldi
“Yosh kitobxon” koʻrik-tanlovining 10-14 yosh toifasi boʻyicha yakuniy bosqichi gʻolibi aniqlandi. Bu haqda Yoshlar Ittifoqi xabarnomasida maʼlum qilingan.
Qayd qilinishicha, tanlovda 14 nafar yigit-qiz oʻzaro bellashdi.
Malakali mutaxassislar tomonidan baholab borilgan tanlov Prezident sovgʻasining egasi, eng yaxshi kitobxonni aniqlab berdi. Unda Paxtachi tumanidagi 24-umumtaʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchisi Mahliyo Oʻroqova gʻolib deb topilib, “Spark” avtomobilini qoʻlga kiritdi.
Mazkur tanlovda ikkinchi oʻrin toshkentlik Salohiddin Qahhorovga nasib etgan boʻlsa, 3-oʻrinni fargʻonalik Dilrabo Oʻtkirova egalladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring