Samarqanddagi masjidda yongʻin chiqdi

14:02 22 Yanvar 2019 Jamiyat
1374 0

Foto: IIV YOXBB

2019 yilning 20 yanvar kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumani Istiqlol mahallasida joylashgan “Xoʻja Ziyovuddin jomeʼ masjidi”ning tom qismi 40 kv.metr maydonda yonib zararlangan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish boʻlinmasi xabar berdi.

Yongʻinni taxminiy kelib chiqish sababi — masjidning tom qismiga oʻrnatilayotgan gumbazni payvandlash jarayonida yongʻin xavfsizligi qoidalarining buzilishi.

Yongʻinni bartaraf etishga 5 ta yongʻin oʻchirish ekipajlari jalb etilgan. Koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻindan binoning 181 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер