«Oʻzsuvtaʼminot» Toshkentdagi 5 ta tumanda suv taʼminoti vaqtincha toʻxtab turishi holatiga izoh berdi

14:35 26 May 2021 Jamiyat
2919 0

Ayni paytda Toshkent shahri 5 ta tumanining ayrim hududlarida suv taʼminoti vaqtincha toʻxtab turibdi.

«Oʻzsuvtaʼminot» AJ axborot xizmati maʼlum qilishicha, poytaxtni suv bilan taʼminlovchi katta hajmdagi suv quvurlarida taʼmirlash va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda. Maxsus guruhlar poytaxtning bir-biriga bogʻliq bir necha joylarida tinimsiz ishlamoqda. Maqsad ishni tezroq yakunlab, suv taʼminotini tiklash.

Maʼlum qilinishicha, 2021-2022-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida har yilgiga nisbatan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yopqichlar va yongʻin xavfsizligi texnikalari uchun xizmat qiluvchi maxsus joʻmraklar va boshqa vositalarning yangilanishi bilan birga eskirgan yirik hajmdagi suv quvurlari ham almashtirilmoqda.

Bunday taʼmirlash ishlari avvaldan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshirilmoqda. Bu haqda isteʼmolchilar ham oldindan ogohlantirilgan. Aholi punktlariga maxsus texnikalarda suv yetkazilmoqda, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер