Ozodligimiz, gʻurur-iftixorimiz, or-nomusimiz timsoli

14:33 18 Noyabr 2019 Jamiyat
7565 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun mamlakatimizda katta bayram sifatida keng nishonlanmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri poytaxtimizdagi “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi oldidagi sayilgohda boʻlib oʻtdi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

“Bayrogʻimiz — faxrimiz, gʻururimiz” mavzuida oʻtkazilgan ushbu tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar va keng jamoatchilik jam boʻldi.

Ushbu maydonda mamlakatimizdagi eng ulkan bayroq oʻrnatilgan. Uzunligi 20 metr, eni 10 metr boʻlgan milliy gʻururimiz ramzi 65 metr balandlikda magʻrur hilpirab turibdi. Unga tikilganingiz sari ruhingiz koʻtarilib, vatanga mehringiz yuksaladi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

— Sportchilar uchun Davlat bayrogʻi juda katta ruhiy quvvat bagʻishlashini xalqaro musobaqalarda ishtirok etganimda yanada teran anglaganman, — deydi aykido boʻyicha oʻn besh karra Oʻzbekiston va jahon chempioni, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Sarvinoz Shaydullayeva. — Chunki u ozodligimiz, gʻurur-iftixorimiz, or-nomusimiz timsolidir. Uni baland hilpiratish har birimizning eng orzu-istagimizdir.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Tantanada Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan namoyish etilgan chiqishlar tadbirning shukuhini yanada oshirdi. Milliy ramzlarimizga huramt, Vatanga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuygʻulari ulugʻlangan sheʼr va qoʻshiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Dilshod KARIMOV,
“Xalq soʻzi“.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер