“Oʻzneftgazinspeksiya” tomonidan 4 milliard soʻmdan ziyod miqdordagi noqonuniy gazdan foydalanish holatlari aniqladi

15:36 27 Dekabr 2019 Jamiyat
1220 0

Joriy yilning 10-dekabridan 19-dekabriga qadar "Oʻzneftgazinspeksiya" tomonidan Respublikada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish boʻyicha muntazam tadbirlar oʻtkazildi. Tadbirlar natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 4 mlrd. 48 mln. soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi. Bu haqda ushbu inspeksiya axborot xizmati xabar berdi.

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish boʻyicha asosiy huquqbuzarlarliklar issiqxonalar, ohak ishlab chiqarish sexi va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sexlarda kuzatilgan.

Xususan, Navoiy viloyati ohak ishlab chiqarish sexida 259,2 mln soʻmlik 259,2 ming metr kub hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan, shuningdek Samarqand viloyatida joylashgan “Gulom Fayz Baraka Zamin” MCHJga tegishli issiqxonada 422,4 mln soʻmlik 422,4 ming metr kub hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Yana bir yirik oʻgʻirlik Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidagi “Exson Maybod Manufakturing Group” MCHJ ga qarashli qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sexida kuzatilgan boʻlib jami 527,6 mln soʻmlik 527,6 ming metr kub hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan

“Oʻzneftgazinspeksiya” respublikada tabiiy gazning yetishmasligining asosiy sabablaridan biri deya tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar ekanligini taʼkidlaydi.

Joriy yil boshidan buyon jami 3800 dan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy isteʼmol qilish holatlari aniqlangan boʻlib, jami 71 mlrd 310 mln soʻm miqdorida zarar keltirgan. Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Tabiiy va suyultirilgan gazdan toʻgʻri hamda qonuniy foydalanish chora-tadbirlari davom etmoqda

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер