OʻzMU Xalqaro reytingda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari ichida birinchi va yagona oliygoh boʻldi

16:23 06 Aprel 2022 Jamiyat
3380 0

Foto: Arxiv surat

Bugun, 6-aprel kuni Quacquarelli Symonds xalqaro reyting kompaniyasi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings) natijalarini eʼlon qildi.

OʻzMU QS by Subject Rankingsʻda “Matematika” sohasida erishgan natijalari koʻra, dunyoning kuchli 500 talik universitetlar qatoridan 451-500 oʻrinni egallab, Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari ichida birinchi va yagona universitet boʻldi.

Mazkur fan sohasida OʻzMU olimlarining Scopus bazasida indeksatsiya qilinadigan maqolalari soni, ularga iqtiboslik darajasining yuqoriligi, dunyo matematiklari tomonidan universitet akademik obroʻsi yuqori baholandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер