“Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Oʻzbekistonning 6 viloyatida 6−11-mart kunlari qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi.
“Oʻzgidromet”ga koʻra, joriy yilning 6—11-mart kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrabod, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining togʻlari);
- Namangan viloyati Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi.
Togʻli hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻraldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring