“Oʻzgidromet” shoshilinch axborot eʼlon qildi
Foto: Illustrativ foto
Maʼlum boʻlishicha, 8-11-aprel kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol kuchayib, chang toʻzonlar kuzatiladi.
Jumladan:
— 8-aprelda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublikaning choʻl hududlarida shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzi joylarda 23-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin;
— 9-aprelda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Jizzax viloyatlarida va respublikaning choʻl hududlarida shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi;
— 10-aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi;
Shuningdek, 11-aprelda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring