“Oʻzgidromet” 4 viloyat hududida sel kelishi xavfi borligini eʼlon qildi
Foto: Prezident Xalq qabulxonasi axborot xizmati
Joriy yilning 11 va 13-14-oktyabr kunlari kutilayotgan yomgʻirli ob-havo sabab, Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi xavfi bor.
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
- Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring