“Oʻzbekneftgaz”da rahbarlik lavozimiga tayinlov amalga oshirildi
“Oʻzbekneftgaz“ aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining buyrugʻiga asosan Xushnudjon Mahmudov Abdurahmonovich Iqtisod va rejalashtirish departamenti boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Xushnudjon Mahmudov mehnat faoliyati davomida Bank va Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Turkiyaning Oʻzbekistondagi xorijiy kompaniyasi va Chexiya davlati bilan hamkorlikdagi qoʻshma korxonada biznesni rivojlantirish boʻyicha menejeri boʻlib ishlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring